AS: Messi "Barselona"dan yiliga 25 million evro maosh so'ramoqda. Kataloniya klubi uni sotish variantlarini ko'rib chiqishga tayyor

18 apr 2014, 23:11
"Barselona" futbolchsi Leo Messining yangi shartnoma tuzish uchun qo'ygan shartlari aniq bo'ldi.

"AS" nashrining xabar berishicha, "Barselona" futbolchisi yiligi klubdan 25 million evro maosh olmoqchi.
Tomonlar hali kelishishmadi. "Barselona" klubi rahbariyati Leo borasida keladigan takliflarni ko'rib chiqishmoqchi. Kataloniyaliklar mundialdan so'ng uni sotib yuborishlari mumkin.


Manba: sports.ru