

"Nasaf" yetakchisi mavsum davomida barqaror o'yin namoyish etdi va jamoaning bronza medallarni qo'lga kiritishda katta hissa qo'shdi. Qarshining "Nasaf" klubi, shuningdek, O'zbekiston Kubogi finalida Toshkentning "Bunyodkor" klubini mag'lub etdi va o'z tarixida ilk bor ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. Mazkur final uchrashuvida Gevorkyan o'z goli bilan jamoasi g'alabasiga katta hissa qo'shdi.
Takidlash joiz, Artur Gevorkyan o'z faoliyatida ikkinchi marotaba O'zbekiston Chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etilmoqda. Bungacha, "Nasaf" sardori 2013 yilda ham ushbu sovrinni qo'lga kiritgan edi. Shuningdek, Gevorkyan 2014 yilgi mavsumda milliy chempionat to'purari bo'lgan edi.



