Gevorkyan debyut uchrashuvida “dubl”ga erishdi

19 may 2019, 10:13
Indoneziyaning “Persib Bandung” klubida to'p tepayotgan turkmanistonlik yarim himoyachi Artur Gevorkyan ushbu chempionatdagi debyut uchrashuvida “Persipur” klubiga qarshi maydonga tushib, jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.

Indoneziya klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, Gevorkyan jamoadoshlarining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topgan bahsda Artur ikki bor raqiblari darvozasini ishg'ol etishga erishdi. Gevorkyan bahsni asosiy tarkibda boshladi va uchrashuvning 45+2 va 63-daqiqalarida gol urishning uddasidan chiqdi.

Takidlash joizki, “Persib Bandung”ni joriy mavsumda gollandiyalik mutaxassis Robert Rene Alberts boshqarmoqda va kecha u ham jamoa bosh murabbiy sifatida ilk uchrashuvini o'tkazdi.

Gevorkyan joriy yilning aprel oyida “Persib Bandung” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkandi. 34 yoshli futbolchi yangi jamoasi safida 71-raqamda harakatlanadi. Turmanistonlik futbolch bilan birga ushbu klubda “Nasaf”dagi faoliyati orqali mamlakatimiz ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan serbiyalik Boyan Malishich ham to'p tepmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia