

Gevorkyan Indoneziyaning "Persib Bandung" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sayti ma'lum qildi.



Turkmanistonlik futbolchi hamda Indoneziya klubi o'rtasidagi bitim bir yilga mo'ljallangan. Artur Gevorkyan yangi klubida 71-raqamda to'p tepadi.
Oldinroq, Artur Gevorkyan Turkmaniston klubiga o'tgani e'lon qilingan edi.



