Arteta: "Arsenal" hali juda ko'p jihatlarini yaxshilashi kerak"

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023, 10:50
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Yunayted"ga qarshi nazorat o'yini haqida gapirdi.

"Xoh o'rtoqlik o'yini bo'lsin, bunday darajadagi o'yinlar orqali juda ko'p ma'lumot olamiz, bu esa yaxshi holat. Hali ko'p ishlashimiz va ko'p jihatlarni yaxshilashimiz kerak. Xatolar - futbolning bir bo'lagi, undan qochib bo'lmaydi. Mag'lubiyat esa doimo og'riqli.

Jismoniy jihatdan biz eng yuqorisini ko'zlaganmiz va shunga yarasha bo'lishimiz kerak. Shu sababli bir qancha futbolchilardan sal ko'prog'ini kutgandik. Umuman olganda raqibda ko'p vaziyat bo'ldi va ular effektiv o'ynashdi. Ikkinchi bo'limni nazorat qilib turganimizda bizda ham gollar uchun vaziyatlar bo'ldi. Farqi shundaki, raqiblar gol urdi, biz esa yo'q", - dedi "Arsenal" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal