Arteta: "Arsenal" - Angliyadagi eng katta klub"

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 16:56
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar"ni Angliyaning eng katta klubi deb atadi.

"Biz - Angliyaning eng katta klubimiz. Biz shunga yarasha o'yin ko'rsatishimiz va loyiq bo'lishimiz kerak. "Emireyts" yana o'zinin oldingi muxlislarini qaytaradi.

"Arsenal"da doimo sovrinlarni talab qilishadi. Barchasi qattiq nazorat ostida. Shu boisdan men ham bu yerda borimni berishga harakat qilaman.

"Arsenal"dan ketganimda rafiqamga bu erga murabbiy sifatida kelishimga vada bergandim va buni amalga oshirdim", - dedi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal