Arslanmirat Amanov: "Samarqanddan ijobiy natija bilan qaytmoqchimiz

Mirjalol Normatov
20 iyun 2019, 00:52
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Arslanmurat Amanov Superliga 12-turi doirasida "Dinamo"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"O'zbekiston Superligasi menga juda yoqadi. Bu yerdagilar texnik futbol namoyish qiladi va men buni yuqori baholayman. Mavsum avvalida jamoada yangi futbolchilar ko'p bo'lganligi tufayli jamoaviy o'yin ko'rsatish biroz qiyin bo'ldi va ko'plab ochkolar yo'qotdik. Ammo oldinda mavsumning katta qismi bor va yo'qotilgan ochkolarning o'rnini qoplay olishimiz mumkin. Barchasi o'z qo'limizda.

"Dinamo" juda yaxshi va yosh jamoa. Uyda ham safarda ham birdek kayfiyat, ishtiyoq bilan o'ynaydi. Ammo jamoamizning maqsadlari yuqori. Shu sababli Samarqandda o'zimizning eng yaxshi, sifatli o'yinimizni namoyish qilib, ijobiy natija bilan qaytmoqchimiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz