Arshavin “Oltin to'p-2023” uchun davogarlar uchligini aytdi

Eldor Akmurzayev
22 okt 2022
Rossiya TJ sobiq sardor Andrey Arshavindan keyingi “Oltin to'p”ga kimlar davogarlik qilishi haqida so'raldi.

“Navbatdagi “Oltin to'p”ni kim qo'lga kirtadi? Xoland? U davogarlardan biri bo'ladi. O'ylashimcha, uchlik shunday bo'ladi: Mbappe, Neymar va Xoland”, deya taxmin qilgan Arshavin.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Xoland joriy mavsum “shaharliklar” libosida 14 bahsda qatnashib, 20+3 natija ko'rsatmoqda. Mbappeda 15 o'yinda 14+2, Neymarda esa 16 uchrashuvda 12+9 natija bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru