"Arsenal"da "tozalash" ishlari boshlanadi, klub 10 nafar o'yinchisini sotmoqchi

Sherzod Nurmatov
12 may 2021, 02:41
Londonning "Arsenal" klubi yozgi transferlar vaqtida tarkibga katta o'zgartirish kiritishi mumkin.

Manbaga ko'ra, ingliz klubi rahbariyati ish haqini kamaytirish maqsadida 10 nafar futbolchini sotishi mumkin. Darvozabon Bernd Leno, himoyachilar Ektor Belerin va David Luiz, yarim himoyachi Granit Jaka va hujumchi Aleksandr Lyakazett transferga qo'yiladi. 

Bundan tashqari, "kanonirlar" himoyachi Ensli Meytlend-Naylz, yarim himoyachilar Ris Nelson, Jo Uillok, Matteo Genduzi va Lukas Torreyraning transferi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" ketma-ket beshinchi marta Angliya Premer-ligasida kuchli to'rtlikka kira olmadi. London klubi Yevropa Ligasi orqali Chempionlar Ligasiga chiqishga urinib ko'rdi, ammo yarim finalda "Vilyarreal"ga yutqazdi (1:2, 0:0).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian