"Salernitana" David Luiz bilan shartnoma imzolamoqchi, Riberi ertaga klub a'zosiga aylanadi

Aslanov Jasurbek
5 sen 2021, 22:27
Italiya A Seriyasiga qaytgan "Salernitana" tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Fransiyalik yarim himoyachi Frank Riberi faoliyatini "Salernitana"da davom ettiradi.

So'nggi ikki mavsumni "Fiorentina"da o'tkazgan 38 yoshli yarim himoyachi ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi va shartnoma imzolaydi.

Shuningdek, 22 yildan so'ng A Seriyaga qaytgan "Salernitana" himoyachi David Luizni qo'lga kiritmoqchi, klub futbolchi bilan yaqin orada muzokara o'tkazadi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi shu yilning iyun oyida "Arsenal"dan ketganidan buyon erkin agent hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti