David Luizning keyingi klubi ma'lum

Alisher
11 sen 2021
"Arsenal" sobiq himoyachisi David Luiz "Flamengo" bilan shartnoma imzolaydi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Tomonlar kelishuvga erishishdi.

Futbolchi 2022 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan shartnomani qabul qildi. Tez orada barcha hujjatlar rasmiylashtiriladi va o'yinchi yangi jamoasiga qo'shiladi.

34 yoshli David Luiz o'tgan mavsum "Arsenal" safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRoma