"Flamengo" David Luiz bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
9 sen 2021, 12:10
"Flamengo" "Arsenal" sobiq himoyachisi David Luiz bilan shartnoma imzolamoqchi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi joriy yilning iyun oyida London klubidan ketganidan beri erkin agent maqomida yuribdi.

Himoyachi "Arsenal" tarkibida 2020/21 yilgi mavsum 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. London klubi Luizga yangi shartnoma taklif qilmadi.

Eslatib o'tamiz, himoyachi Braziliyaning "Vitoriya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2007 yilda "Benfika"ga o'tgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun