"Arsenal" Raysni sotib olishiga ishonmoqda

Sherzod Nurmatov
30 mar 2023, 11:25
"Arsenal" yozda "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Raysni qo'lga kiritadi.

"Evening Standard" xabariga ko'ra, klub jamoaning hozirgi muvaffaqiyati va kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida qatnashishi 24 yoshli futbolchini qo'lga kiritishda yordam berishiga umid qilmoqda.

Xabar qilinishicha, "Vest Xem" yarim himoyachisining yarim himoyada yoki "sakkizlik" poziciyasida o'ynay olishi "Arsenal" e'tiborini tortmoqda. Raysning xarakteri ham jamoa qadriyatlariga mos keladi.

"Vest Xem" futbolchining transferidan iloji boricha ko'proq pul ishlab olishga harakat qiladi va asosiy e'tiborni Enco Fernandes, Jud Bellingem va Moyzes Kaysedoning transfer narxiga qaratadi.

Rays 2013 yilning yozidan buyon "Vest Xem" safida to'p tepadi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

24 yoshli angliyalik joriy mavsum barcha musobaqalarda "bolg'achilar" safida 34 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard