

Nvaneri "Oltin to'p"ga "Barselona" yarim himoyachisi Lamin Yamalni munosib deb biladi.
"Nega? Men buni uning o'yinlaridan kelib chiqib aytyapman. O'tgan mavsumda ko'rganlarimga asoslanib, Yamalni sovrinni qo'lga kiritishga loyiq deb bilaman", – dedi "kanonirlar" yarim himoyachisi.

Eslatib o'tamiz, 22 sentyabr kuni "Oltin to'p"ning yangi sohibi kim bo'lishi ma'lum bo'ladi. Ekspertlarning fikricha, g'alabaga asosiy da'vogar PSJning fransiyalik vingeri Usmon Dembeledir. Lamin Yamal, Vitinya va Rafinya Dias ham favoritlar qatoridan joy olgan.



