

23 yoshli futbolchining "to'pchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. "Arsenal" so'nggi mavsum yakunlanishi bilan inlizga haftalik maoshi 100 ming funt bo'lgan shartnoma taklif qilishi kutilgan edi, ammo bu sodir bo'lmadi.
"Liverpul" avvalgidek Oksleyd-Chemberlenga qiziqish bildirmoqda va agar futbolchi "Arsenal" bilan kelisha olmasa, qizillar uni xarid qilishi mumkin.
So'nggi mavsum Oksleyd-Chemberlen "Arsenal" safida 45 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.



