"Arsenal" Vlaxovichni qishki transfer oynasidayoq sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
2 yanv 2025, 19:44
Londonning "Arsenal" klubi qishki transfer oynasi vaqtida "Yuventus"ning serbiyalik forvardi Dushan Vlaxovichni sotib olmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, hujum chizig'ini kuchaytirish "kanonirlar"ning qishdagi asosiy maqsadi.

Serbiyalik forvardga ehtimoliy o'rinbosar sifatida "Brentford" to'purari Brayan Mbeumo ko'rilmoqda.

Bundan tashqari "Arsenal"dagilar Bundesligada to'p tepayotgan vingerlar Jeymi Bayno-Gittens ("Borussiya Dortmund") va Leroy Sane ("Bavariya") imkoniyatlarini ham yuqori baholashadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: teamtalk.com