"Arsenal" Vengerga yangi shartnoma taklif qiladi
Narzulla Saydullayev
9 sen 2013, 07:33
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati bosh murabbiy Arsen Venger bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Fransiyalik murabiy "kanonirlar" bilan 1996 yildan buyon ishlab kelmoqda. Klub rahbariyati Vengerga keyingi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun yaxshigina byudjet taqdim etmoqchi.