"Arsenal" Venger va Kasorla uchun xayrlashuv o'yinini tashkil qilmoqchi

Alisher
26 fev 2020, 13:07
"Arsenal" jamoaning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger va futbolchisi Santi Kasorla bilan xayrlashuv o'yinini o'tkazmoqchi.

Xayrlashuv o'yini yangi mavsum oldidan tashkil etilishi rejalashtirmoqda.

Klub fransiyalik mutaxassis bilan aloqaga chiqqan, 22 yillik faoliyatidan so'ng Venger yana "Emireyts"ga rasmiy tashrif bilan kelishi mumkin.

Ushbu xayrlashuv o'yini "Arsenal"da asosan jarohatlar sabab o'zini ko'rsata olmagan Santi Kasorla uchun hamdir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail