

"Kanonirlar" 23 yoshli ispaniyalikni sotib olish uchun uning shartnomasida ko'rsatilgan variantni faollashtirdi, biroq futbolchining o'zi transfyerdan bosh tortdi. Yarim himoyachi o'tgan yilning oktyabr oyida "Sosedad" bilan kelishuvini 5 yilga uzaytirgan va mavsum o'rtasida klubni tark etishni istamayapti.
Subimendi "Real Sosedad" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2022/23 yilgi mavsum jamoa safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi hamda 3 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt portali yarim himoyachini 40 million evroga baholamoqda.



