

"Chempionat g'olibligidan keyin murabbiyga bo'lgan ishonch yuqori bo'ladi. Ko'plab muxlislarning fikri o'zgarayotgani ajablanarli holat, lekin bu "Liverpul" muxlislariga bog'liq emas. "Nottingem"dan uchralgan mag'lubiyat ishonchning so'nggi tomchilarining to'kilishiga ham sabab bo'ldi. Agarda jamoa mag'lub bo'laversa, rahbariyat choralar ko'rishga majbur bo'ladi.
"Lester" chempionlik mavsumidan keyin Ranerini iste'foga chiqarganida ajablanganman. Hozirda o'sha holat "Liverpul"da ham bo'layotgandek.
Menimcha Slotga bo'lgan ishonch hali ham tugamagan. Rahbariyat Slotga Rojdestvogacha imkoniyat berilsa kerak deb o'ylayman, balki holat yaxshilanib qolar", - dedi "Arsenal" sobiq forvardi.



