"Arsenal" Paketaga qiziqish bildirmoqda, ammo "Lion"ning talablari yuqori

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2022, 22:09
"Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketa faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"CBS" jurnalisti Ben Jeykobs xabariga ko'ra, "Arsenal" braziliyalik futbolchini sotib olishga qiziqmoqda. Fransiya klubi yarim himoyachini sotishga tayyor, biroq u uchun kamida 65 million evro va bonuslar olishni istamoqda.

"Kanonirlar" bu miqdorni juda katta deb hisoblagani bois taklif bilan chiqmoqchi emas.

"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas klubda futbolchi bo'yicha taklif borligini aytgan, ammo u aynan qaysi jamoadan ekanligini ochiqlamagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CBS Sports