"Arsenal" Luis Gustavoni tarkibiga qo'shib olmoqchi

13 avg 2013, 11:51
"Arsenal" "Bavariya" yarim himoyachisi Luis Gustavo bo'yicha 20 million evrolik taklif bilan chiqadi.
Braziliya terma jamoasi a'zosi "Arsenal"ning rekord transferiga aylanishi mumkin.

"Arsenal" bir necha kun ichida Gustavo bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqadi va futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma yuzasidan kelishuvni boshlaydi. 

26 yoshli futbolchi ayni kunlarda terma jamoa safida. Agar "Arsenal" muzokaralarni tezlashtirmoqchi bo'lsa, u holda Braziliya terma jamoasidan bunga ruxsat olishi lozim bo'ladi.


Manba: goal.com