"Arsenal" "Lester" futbolchisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
30 okt 2022, 13:55
"Arsenal" "Lester" futbolchisi Yuri Tilamens bilan shartnoma imzolash uchun favorit bo'lib turibdi.

"Express" xabariga ko'ra, xavbek jamoasi bilan ushbu mavsumda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish niyatida emas. Bu esa yozda belgiyalik erkin agent sifatida jamoadan ketishiga sabab bo'ladi. Ushbu yozda Tilemans bilan "Manchester Yunayted" ham shartnoma imzolamoqchi bo'lgandi.

Ushbu mavsumda 25 yoshli futbolchi APLning 13 o'yinida qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express