"Arsenal" joriy mavsumda 760-770 mln funt daromad oladi - bu APL klublari uchun mutlaq rekord!

Aslanov Jasurbek
20 may 2026, 21:46
"Arsenal" bir mavsumdagi daromad hajmi bo'yicha APLning yangi rekordini o'rnatadi.

Agar London klubi 30 may kuni bo'lib o'tadigan YCHL finalida "PSJ"ni mag'lub eta olsa, jamoaning umumiy daromadi taxminan 770 million funt sterlingga etadi. Mikel Arteta shogirdlari albatta 760 million funtlik daromadni naqd qilib bo'lishgan. Bu esa "Manchester Siti"ning 2023/24 yilgi mavsumda o'rnatgan rekordini (715 million funt) sezilarli darajada ortda qoldiradi.
Ushbu moliyaviy muvaffaqiyat "Arsenal"ni dunyoning eng boy klublari ro'yxatida "Real" va "Barselona"dan keyin uchinchi o'ringa olib chiqishi mumkin. Biroq, londonliklarning transferlar va maoshlar uchun xarajatlari ham keskin oshgani sababli, mavsum yakunlariga ko'ra klub baribir kichik zarar bilan chiqishi ehtimoli yo'q emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times