"Arsenal" futbolchisi A Seriya top-klubiga o'tishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
16 avg 2018, 02:55
"Arsenal" futbolchisi David Ospina "Napoli"ga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.

Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda. Uning ma'lumotiga ko'ra, Ospina sotib olish sharti bilan Neapol jamoasiga o'tadi. U bugun yangi jamoasi qarorgohiga uchib boradi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Kolumbiyalik o'tgan mavsumda "Arsenal" tarkibida 21 uchrashuvda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio