Argentinaning JCH saralashi doirasida Braziliya va Urugvayga qarshi o'yinlarga tarkibi ma'lum

Nozimov Nig'monxo'ja
12 noya 2023, 07:47
Argentina 2026 yilgi mundial saralashi doirasida 17 noyabr kuni Urugvayni qabul qilib, 22 noyabrda Braziliya mehmoni bo'ladi.

Amaldagi jahon chempionlarining bo'lajak ikki o'yiniga chaqirilgan futbolchilar ma'lum bo'ldi.

Darvozabonlar: Emiliano Martines (Aston Villa), Franko Armani (River Pleyt), Xuan Musso (Atalanta), Valter Benites (PSV);

Himoyachilar: Gonsalo Montiel (Nottinghem Forest), Pablo Maffeo (Mallorka), Nauel Molina (Atletiko), Xerman Peccelya (Betis), Kristian Romero (Tottenhem), Lukas Martines Kuarta (Fiorentina), Nikolas Otamendi (Benfika), Markos Akunya (Sevilya), Fransisko Ortega (Olimpiakos);

Yarim himoyachilar: Leandro Paredes (Roma), Gido Rodriges (Betis), Enco Fernandes (Chelsi), Rodrigo De Paul (Atletiko), Eksekiel Palasios (Bayer), Jovani Lo Chelso (Tottenhem), Aleksis Mak Allister (Liverpul);

Hujumchilar: Paulo Dibala (Roma), Anxel Di Mariya (Benfika), Lionel Messi (Inter Mayami), Xulian Alvares (Manchester Siti), Lautaro Martines (Inter), Nikolas Gonsales (Fiorentina), Lukas Okampos (Sevilya). 


Eslatib o'tamiz, Argentina KONMEBOL saralashida 4-turdan so'ng 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia