Aren Robben: "Oltin to'p? Messi va Ronaldu g'aroyiblar, ammo Riberi va "Bavariya" trebl qayd etdi"

Narzulla Saydullayev
16 avg 2013, 08:51
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben jamoadoshi Frank Riberi Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqishiga umid qilmoqda, deb xabar bermoqda Bild nashri.
"Agar Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sovrini Riberiga topshirilsa bu adolatdan bo'ladi. U bunga loyiq. Bu esa jamoaga ham qo'shimcha kuch bag'ishlaydi".

"Messi va Ronaldu g'aroyib o'yinchilar, ammo Frank va "Bavariya" treblni qayd etishdi", - deydi Robben. 

Yevropaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrini avgust oyi so'nggida YCHL guruh bosqichiga qur'a tashlanayotganda topshiriladi. O'tgan yil bu sovringa Andres Inesta ega chiqqandi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net