Arda Turan samolyotdagi janjal bois terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2017, 22:58
“Barselona” va Turkiya terma jamoasi yarim himoyachi Arda Turan terma jamoasining Makedoniyaga (0:0) qarshi kechgan bahsidan keyin samolyotda janjal chiqardi.

Terma jamoa sardori jurnalist Bilol Mesheni haqoratlab, so'ngra uni bo'g'ishgacha borgan. Futbolchi jurnalistning Evro-2016 bellashuvlaridan keyin terma jamoa futbolchilarining mukofot pullari haqidagi yozgan maqolasidan norozi bo'lgan. Turanning fikricha, maqolada yolg'on faktlar keltirilgan. Jurnalist esa ushbu voqeadan keyin Ardani sudga berishga qaror qilgan.

Ushbu kelishmovchilikdan keyin Turan Turkiya terma jamoasidan faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qilgan.

“Men terma jamoa futbolkasida to'p tepganimda bir qator xatolarga yo'l qo'ydik. Mening xalqaro faoliyatim yakuniga etdi”, deya ta'kidlab o'tdi turk futbolchisi matbuot anjumanida.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport