APLda vaqtinchalik almashtirishlar joriy etilishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
22 dek 2022, 09:00
Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Unga ko'ra, Angliya Premer-Ligasida vaqtinchalik o'zgarishlar joriy etiladi. Maydondagi futbolchi boshidan jarohat olsa, u vaqtinchalik almashtiriladi. Miyasi chayqalgan o'yinchiga tibbiy yordam ko'rsatilayotgan vaqtda, uning maydondagi o'rnida 10-15 daqiqa zaxiradagi jamoadoshi harakat qiladi. Barchasi joyida bo'lsa, u o'yinga qaytadi yoki zaxirada qoladi.

Xalqaro futbol uyushmalari kengashi (IFAB) ushbu qoida bo'yicha yakuniy qarorini mart oyida e'lon qilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport