Ten Xag MYUda 101 yil oldingi yomon natijani takrorladi

Eldor Akmurzayev
14 avg 2022, 08:20
APL 2022/23 yilgi mavsum 2-turida “Manchester Yunayted” safarda “Brentford”dan “tarsaki” edi – 0:4.

“Qizil iblislar” dastlabki turda “Brayton”ga 1:2 natijasi bilan imkoniyatni bor bergan. Shu tariqa, Erik ten Xag mavsum startidagi ikki o'yinda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1921 yildagi yomon natijani takrorladi. O'shanda jamoa murabbiyi Jon Chepmen edi.

Ayni vaqt MYU musobaqa jadvalida autsayder bo'lib turibdi. Qayd etish joizki, jamoa futbolchilari bu mavsum hali birorta gol urmadi va 6 ta gol o'tkazib yubordi. Yagona aniq zarba esa avtogol tufayli yuzaga keldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport