

Yangi mavsumdan boshlab hakamlar nafaqat futbolchilar o'rtasidagi "kontakt"ga e'tibor berishadi, balki penalti belgilash uchun asos bor-yo'qligiga ham e'tibor berishlari lozim bo'ladi. Hakam penalti ishlagan futbolchi atayin raqib futbolchisiga borib to'qnashganiga ham jiddiy e'tibor qaratiladi.
Bu borada APL hakamlar qo'mitasi rahbari Mayk Rayli shunday dedi: "Endi penalti belgilash uchun birgina to'qnashuvning o'zi kamlik qiladi. To'qnashuv - hakam e'tibor qaratishi lozim bo'lgan birgina omil emas. Agar futbolchilar o'zaro to'qnashishsa bu yerda o'yin qoidasi buzilganiga ham aniq e'tibor qaratish lozim. Agar qandaydir shubha bo'lsa, himoyachilar jazolanmaydi.
Penalti belgilash uchun kichik to'qnashuvlar emas, haqiqatdan ham o'yin qoidasi buzilgan bo'lishi kerak", - dedi Rayli.



