⚡️ APL qaytdi! Bugun start oladigan ilk tur taqvimi bilan tanishing

Eldor Akmurzayev
5 avg 2022, 07:50
Bugun, 5 avgust kuni Angliya chempionatining hisob bo'yicha 124-mavsumi boshlanadi.

Ilk o'yin Londonda “Kristal Pelas” hamda “Arsenal” o'rtasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi.

Musobaqaning amaldagi g'olibi “Manchester Siti” hisoblanadi. Eng ko'p titul esa “Manchester Yunayted” (20) hisobida.

APL 2022/23 yilgi mavsum 1-tur taqvimi bilan tanishing:

5 avgust, juma

23:59, “Kristal Pelas” – “Arsenal”

6 avgust, shanba

16:30, “Fulxem” – “Liverpul”

19:00, “Bornmut” – “Aston Villa”

19:00, “Lids” – “Vulverxempton”

19:00, “Nyukasl Yunayted” – “Nottingem Forest”

19:00, “Tottenxem” – “Sautgempton”

21:30, “Everton” – “Chelsi”

7 avgust, yakshanba

18:00, “Manchester Yunayted” – “Brayton”

18:00, “Lester” – “Brentford” 

20:30, “Vest Xem” – “Manchester Siti”

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia