APL. “Liverpul”ning yil davomidagi mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi va boshqa ma'lumotlar

Eldor Akmurzayev
23 avg 2022, 08:40
APL 3-tur oxirgi bahsida “Manchester Yunayted” o'z maydonida “Liverpul”ni 2:1 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlarining musobaqada 2022 yil bo'yicha davom etib kelayotgan 21 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi “Old Trafford”da yakunlandi.

Erik ten Xag esa Ser Aleks Fergyuson jamoadan ketganidan keyin “qizillar”ga qarshi debyutidayoq g'olib bo'lgan Lui van Galdan keyingi ilk mutaxassisga aylandi. Ten Xag faoliyatida ilk bor Yurgen Klopp jamoasini taslim etdi. Bungacha ikkita mag'lubiyat bor edi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” APL doirasidagi o'yinlarning 1-taymida oldinda borganida hech qachon mag'lub bo'lmagan va seriya davom etmoqda:

304 ta uchrashuv,

281 ta g'alaba;

23 durang.

O'xshash yangiliklar

Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia