APL. De Xea antirekord qayd etmoqda

Eldor Akmurzayev
1 mar 2020, 19:50
Ayni daqiqalarda, Angliya chempionati 28-turidan o'rin olgan “Everton” – MYU o'rtasidagi bahs davom etmoqda.

Uchrashuvning 3 daqiqasidayoq mezbonlar raqib darvozaboni David de Xeaning xatosida so'ng hisobni ochdi. Ispaniyalik kiper o'z jarima maydonidan to'pni uzoqlashtirmoqchi bo'lganida “Everton” hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin yugurib kelib, uni darvozaga to'g'rilab yubordi

O'tgan mavsumdan boshlab “qizil iblislar” de Xeaning xatosi tufayli 7 marotaba o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi. 29 yoshli posbon mazkur ko'rsatkich bo'yicha antirekord qayd etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka