"Anji" futbolchilari test topshirishdi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2014, 15:30
Anjining Turkiyadagi yig'ini ikki qismga bo'lib olindi.
Ertalab futbolchilar jismoniy tayyorgarlik, tezlik va uzoq masofaga sakrash borasida test topshirishdi. Bu borada eng yaxshi ko'rsatkichlarni Nikita Burmistrov va Albert Gadjibekov qayd etishdi.

Kunning ikkinchi yarmida jamoa trenajer zali va maydonda mashg'ulot o'tkazdi. Jamoa xuddi o'tgan kundagidek hujumchilar va himoyachilarga ajralib mashg'ulot o'tkazdi.

Shamollab qolgan Odil Ahmedov mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-anji.ru