Anri bu yili Messi "Oltin to'p"ni yutadi deb hisoblamoqda

Alisher
26 noya 2021, 17:20
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri joriy yildagi "Oltin to'p" uchun kurashda Lionel Messining g'alabasini kutayotganini qayd etdi.

"Doim francuz "Oltin to'p"ni yutishi kerakligini aytganman, sababi men tarafkashman.

Ammo, aslini olganda, Lionel Messi g'alaba qozonadi deb o'ylayman, sababi u oxir-oqibat Argentina bilan Amerika Kubogini qo'lga kiritdi", - deydi Anri.

Joriy "Oltin to'p" uchun favoritlar orasida "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino, "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski va "Real" forvardi Karim Benzemaning nomlari etirof etilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe