"Ankaraguju" prezidenti: "Maqsadim hakamning yuziga tupurish edi"

Sherzod Nurmatov
12 dek 2023, 17:35
"Ankaraguju" prezidenti Faruk Koja "Rizespor" bilan o'yindan so'ng (1:1) hakam Halil Melerga qilingan hujumga izoh berdi.

"Menga qo'yilgan ayblovni mutlaqo qabul qilmayman. Ushbu hodisa hakamning noto'g'ri qarorlari va provokacion xatti-harakatlari tufayli yuzaga keldi. Maqsadim hakamning qilmishiga og'zaki javob berib, yuziga tupurish edi. Oxiri hakamning yuziga musht tushirdim. Mening zarbam sinishga olib kelmaydi. Shundan so'ng hakam 5-10 soniya turdi va keyin erga yiqildi. Yurak xastaligi tufayli meni darhol voqea joyidan olib ketishdi. Undan boshqa voqealardan xabarim yo'q", – dedi Koja.

Avvalroq Koja va yana uch kishi hibsga olingani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: trthaber.com