

23 sentyabr kuni Viloyat hokimining buyrug'iga asosan klub-vice prezidentligiga Abdisolomov Marufjon Jamoldinovich tayinlandi. Eslatib o'tamiz, bungacha ushbu lavozimda Madixonov Jahongir Shavkatovich faoliyat olib borayotgandi.
Endilikda Abdisolomov jamoa natijalariga mas'ul shaxs hisoblanadi. Jahongir Madixonov ham klub tizimida faoliyatini davom ettiradi va yangi rahbariyatga yaqindan yordam beradi. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, Marufjon Jamoldinovich o'tkan yili Andijonni rahbar sifatida boshqargandi. Yangi rahbariyatning oldiga jamoani ushbu mavsumning o'zidayoq yana kuchlilar safiga olib chiqish vazifasi qo'yildi.
"Andijon" matbuot xizmati.



