

Qiziqarli kechgan bellashuvda mezbonlar Usmonali Ismonalievning yagona goli evaziga g'alaba qozondi. Shu tariqa "burgutlar" 14 yildan so'ng OKMK ustidan g'alaba qozonishning uddasidan chiqdi. "Andijon" oxirgi marotaba 2011 yilgi mavsumning 15-turida bu natijani qayd etgan edi. O'shanda Lochin Soliev tomonidan urilgan 90-daqiqadagi gol jamoaga 3 ochko olib kelgan.
"Andijon" Superligada navbatdagi uchrashuvini 5 oktyabr kuni Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi.



