"Andijon" 12 yildan buyon uyda OKMKni mag'lub eta olmayapti

Iskandarov Abdulaziz
28 okt 2023, 14:27
Jamoalar shu kungacha Andijonda 11 marotaba to'qnash kelishgan.

Mazkuru uchrashuvlarda kichik ustunlik OKMK tomonida 6 g'alaba. "Andijon" o'z maydonida raqibini faqat 4 marotaba mag'lub eta olgan. 1ta uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. "Andijon" oxirgi bor 2011 yilgi mavsumning 15-turida o'z maydonida "konchilar"dan 3 ochko tortib olishga erishgan. Lochin Soliev so'nggi "burgut" bo'lib turibdi. 

Superliga-2011. 15-tur.

05.08.2011 17:00. "Sog'lom Avlod" stadioni

"Andijon" - OKMK (Olmaliq) 1:0

Gol: Lochin Soliev 90

"Andijon": G'ayratjon Hasanov, Oleksandr Polovkov, Aleksey Kasyan, Ildar Mamatkazin, Ibrohim Otaxonov, Yuriy Celix, Aleksandr Popovich, Lochin Soliev, Aziz Ibragimov, Baxtiyor Hamidullaev, Ikromjon Ibragimov

OKMK: Denis Ershov, Evgeniy Gogol, Farruh Nurliboev, Bahrom Yuldashev, Ivan Kucherenko, Doston Abdurahmonov, Zohir Pirimov, Isroil Ergashev, Sanjar Shoahmedov, Oleg Zoteev, Mo'ydin Mamazulumov

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia