Anchelotti faoliyatidagi 25-titulni qo'lga kiritdi. Undan oldinda esa 8 mutaxassis bor

Eldor Akmurzayev
12 fev 2023, 08:50
Karlo Anchelotti “Real” boshqaruvida navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi.

U klublar o'rtasidagi mundialda g'olib chiqib, murabbiylik faoliyatidagi 25-sovrinini qo'lga kiritdi. U bu borada hamyurtlari Roberto Manchini va Jovanni Trapatonnini (23 tadan) allaqachon ortda qoldirgandi. Ulardan yuqorida esa quyidagi mutaxassislar bor:

1. Ser Aleks Fergyuson – 49;

2. Mircha Luchesku – 36;

3. Pep Gvardiola – 32;

4. Valeriy Lobanovski – 30;

5. Ottmar Xitcfeld – 28;

6-8. Jok Steyn – 26;

6-8. Luish Felipe Skolari – 26;

6-8. Joze Mourinyu – 26;

9. Karlo Anchelotti – 25.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia