Anchelotti: "Real" bu yil boshqacha tizimda o'ynashi mumkin"

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2023, 09:18
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti AQSHdagi turne davomida boshqacha o'yin tizimini sinab ko'rmoqchi.

"Real" turne davomida "Milan", MYU, "Barselona" va "Yuventus" kabi jamoalarga qarshi o'ynaydi. 

"Ishni boshlaganimda menda aniq g'oya bor edi va men qo'l ostimdagi futbolchilarga buni tatbiq eta olmagandim.

Bu yil balki boshqacha tizimda o'ynarmiz. Bungacha o'ynagan tizimimiz ham muvaffaqiyatli chiqdi, ammo biz yangi uslubni ham sinab ko'rishimiz mumkin. Buni turne davomida qilib ko'rmoqchimiz. Bu sinovlar uchun yaxshi fursat".


Anchelotti shuningdek, Jud Bellingem haqidagi fikrlarini ham bildirdi. 

"Bellingem boshqa yarim himoyachilarimizdan farq qiladi. U biz bilan ekanligidan xursandmiz. U "Real"ning darajasini ko'taradi. U ko'p ishlaydi. Ayni paytda Judda barchasi joyida. U turnedagi o'yinlarda ishtirok etadi", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca