Ana xolos! “Portu” himoyachisi penalti tepib jarohat oldi. U “Liverpul” bilan bahsni o'tkazib yuborishga yaqin

Eldor Akmurzayev
31 mar 2019, 00:39
Portugaliya birinchiligining 27-turida “Portu” mehmonda “Braga” bilan to'qnash keldi va 3:2 hisobida zafar qozondi.

Mazkur o'yinning 69-daqiqasida penaltini tepgan "Portu" himoyachisi Aleks Telles gol urganidan keyin oyog'idan jarohat oldi.

Endi braziliyalik 26 yoshli futbolchi YCHLning chorak final “Liverpul”ga qarshi o'tadigan ilk bahsini o'tkazib yuborishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN