Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatini maqtadi, Portugaliya chempionatini esa cirkka qiyosladi

Aziz Tukhtamuradov
7 sen 2023, 09:34
"Al Nassr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya chempionati haqida gapirdi.

"Portugaliya chempionatidagi bahslar? Bu meni hayron qoldirayotgani yo'q. Bunday narsalar ko'p chempionatda bor, ammo Portugaliyada juda ko'p. Bu yomon.

Muammolardan biri ham shunda. Barcha o'z fikrini aytadi, muhokama qiladi. Bu yomon, juda yomon. Mana nima uchun liga APL, Primero yoki Bundesliga kabi top bo'lmaydi. Men portugaliyalikman va bu meni havotirga solmoqda. Ligamiz dunyodagi eng yaxshilaridan biri bo'lishini istayman, lekin unday emas va bo'lmaydi g'am.

Saudiya Arabistoni chempionati Portugaliya chempionatidan yaxshiroq. Bu yerda bahslashilmaydi, nomlar sifati ham yaxshiroq. 

Umid qilamanki, Portugaliya chempionati yaxshilanadi. Bu qiyin bo'lishini bilaman. Balki imkoni ham yo'qdir. U yerda bo'layotgan ishlar cirkka o'xshaydi", - dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Record