Ana xolos! Kecha "Fulxem" tarkibida 15 yoshli futbolchi maydonga tushdi FOTO

Tolibjon Qosimov
26 sen 2018, 12:43
Kecha Angliya yashil maydonlarida Liga kubogining 3-bosqich bellashuvlariga start berildi.

Ulardan birida APL vakili bo'lgan "Fulxem" jamoasi Chempionshipda to'p tepadigan "Milluoll" klubini safarda mag'lub etdi - 3:1.

Ana shu uchrashuvda yarim himoyachi Xarvi Elliott "Fulxem" tarkibida debyut qildi. U ikkinchi bo'limda maydonga tushirildi.

U 2003 yilning 3 aprelida tug'ilgan (15 yosh). Shu tariqa, Elliott "Fulxem" tarixidagi eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/Dan_KP