Amorim kechagi super kambekdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

Khoja
16 dek 2024, 09:55
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim kechagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Menimcha, g'alabaga haqli edik. Og'ir o'yin bo'ldi, biroq biz oxirigacha o'zimizga ishondik. Biz gol urishga erishdik, ushbu g'alaba bizga juda kerak edi. Bu biz va muxlislarimiz uchun muhim edi. Bugun 90 daqiqa davomida o'yinni ichida bo'ldik. Arsenalga qarshi uchrashuvni eslasak, futbolchilarim birinchi bo'limda yaxshi o'ynashdi. Biroq ular g'alabaga ishonchsizlik bilan qarashgandi. Bugungi uchrashuv umuman boshqacha bo'ldi. Biz uchun omadli kun bo'ldi, - dedi Amorim.

Manchester Yunayted kechagi g'alabadan so'ng ochkolar sonini 22 taga etkazib oldi va turnir jadvalining 13-pog'onasidan joy oldi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com