

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim Yevropa ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Albatta, o'tgan hafta biz Angliya kubogidan chiqib ketdik. Shuning uchun insonlar hozir Yevropa Ligasiga biz yutishimiz mumkin bo'lgan yagona musobaqa sifatida qarashmoqda. Bundan tashqari, bu turnir YCHLga chiqish imkonini beradi.
Biroq, rostini aytadigan bo'lsak, bizda hozir o'ylash uchun muhimroq narsalar bor. Buni gapirishim g'alati, ammo biz bu yerda qurmoqchi bo'lgan narsamiz hozir sovrin yutishdan ancha muhimroqdir.
Bilaman, har birimizda javobgarlik bor. Biz barcha sovrinlar uchun kurashishimiz kerak, ammo biz hozir uzoq istiqbolli narsalar yaratishga harakat qilyapmiz", -deydi Ruben Amorim.



