Alisher Samatov "Neftchi"da, Maxstaliev jamoaga Toshkentda qo'shiladi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2016
O'tgan mavsumda "Navbahor" sharafini himoya qilgan Alisher Samatov "Neftchi" jamoasining mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Hali futbolchi bilan rasman shartnoma imzolanmadi. Ammo katta ehtimol bilan, himoyachi "Neftchi"da qoladi. 12 yanvar kuni "Neftchi" jamoasi Qirgulidagi yig'inni yakunlaydi va Toshkentga yo'l oladi. Iqtidorli yarim himoyachi Abbos Maxstaliev poytaxtdagi yig'inda jamoaga qo'shilishi reja qilingan.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" jamoasi Toshkentdagi yig'inda "Obod", "Istiqlol"(Tojikiston) "Olmaliq" va "So'g'diyona" jamoalariga qarshi nazorat o'yinlari ishtirok etadi. So'nggi xabarlarni rasmiy saytimiz orqali kuzatib boring.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz