

Ushbu uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi 1:1. Qiziqarli kechgan uchrashuvdan so'ng “Navbahor” klubi futbolchisi Alisher Samatov o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Neftchi” jamoasi ushbu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan ekan. G'alaba qozonishimiz uchun bizga biroz omad yetishmadi, deb o'ylayman. Biz ko'proq hujumlar uyushtirdik, raqiblarimiz himoyaga yotib oldi. Shuning uchun ham durang natija qayd etdik. O'tgan yilgi tarkib ham yaxshi edi, bu yilgisi ham chakki emas. Yoshlar va legionerlar tarkibga jalb qilingan. “Neftchi”ni o'yin uslubi menga yoqdi”, - deydi “Navbahor” klubi futbolchisi Alisher Samatov.
Sherzod Hamdamov yozib oldi




