Doston Tursunov va Alisher Samatov “Neftchi” bilan shartnoma tuzdi
Narzulla Saydullayev
27 fev 2018, 20:39
Superliga bahslari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganda “Neftchi” PFK ikki mahoratli futbolchi bilan shartnoma tuzdi.
Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida sovrindor bo'lgan iqtidorli va mahoratli himoyachi Dostonbek Tursunov farg'onaliklar bilan shartnoma tuzdi. Shuningdek tajribali himoyachi Alisher Samatov ham Farg'ona klubi bilan kelishuvga erishdi.